Saltikov Mixail Evgrafovich

Saltikov Mixail Evgrafovich, Saltikov-Shchedrin (asl familiyasi Saltikov; taxallusi — N. Shchedrin) [1826.15(27).1, — Spas—ugol qishlogi, Kalyazin tumani1889. 28.4 (10.5), Peter- burg] — rus yozuvchisi. Moskvadagi Dvo- ryanlar in-tida (1836-38) va Aleksandr (sobiq Tsarskoe selo) liseyida (1838— 44) ta’lim olgan. Dastlab she’rlar yoz- gan. «Lira» she’ri (1841) Pushkin va Derjavin ga bag’ishlangan. 15 she’ri biz- gacha etib kelgan. «Ziddiyatlar» (1847), «Chalkash ish» (1848) asarlari naturali- Stok xarakterda bo’lib, chuqur ijtimoiy masalalar aks ettirilgan. Asar xukmron doiralar g’azabini qo’zg’atgan. 1848 y. apr.da qamoqqa olinib, Vyatkaga surgun qilingan. 1855 y. surgundan qaytgach, «Gubernya ocherklari»ni (1856-57) yoz- gan. S. ijodiy faoliyatini davlat ish- lari b-n birga olib borgan. 1856— 58 y.larda ichki ishlar vazirligining alohida topshirig’i b-n chinovnik bo’lib xizmat qilgan, dehqonlar reformasi- ni tayyorlashda qatnashgan. 1858-62 y.larda Ryazan va Tver gubernyalarining visegubernatori. Iste’foga chiqqach, «Sovremennik» jur.da ishlagan (1862). Nekrasov vafotidan so’ng (1877) S. «Ot- echestvennie Zapiski» jur.ga rahbarlik qilgan. Ko’pgina ocherk va stsenariylari «Kichik hikoyalar» va «nasrdagi hajviya» (1863) kitobiga kiritilgan. «Pazuxin- ning o’limi», «nasrdagi hajviya» pe- salarida podsho amaldorlari tanqid qilingan. «Janob Golovlyovlar» (1875— 80), «Monrepo boshpanasi» (1878-79), «Yil bo’yi» (1879-80), «hayot ikir- chikirlari» (1886-87), «ertaklar» (1882— 86) va b. asarlarida reforma- dan so’nggi Rossiya hayotidagi ijtimo- iy qaramaqarshiliklar aks etgan. «Bir shahartarixi» (1869-70), «Janob tosh- kentliklar» (1869-72) asarlari ham bor. Tugallanmay qolgan «unutilgan ga- plar» kitobi muhim hayotiy masalalarga bag’ishlangan. Hayotni idrok etish, chuqur bilish va xalqqa bo’lgan mehrli muno- sabat adibni murosasiz, o’tkir satiric darajasiga ko’targan. S.ning satirasi podsho Rossiyasining byurokrat appara- tini tanqid qilishga qaratilgan. U o’z asarlarida kishilardagi byurokratizm va opportunizmni, sotqinlik, mansab- parastlikni qattiqtanqid qilgan. Asar- lari rus tanqidiy realizmining yorqin namunalaridir. Asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: Janob Golovlyovlar, T., 1952; er- taklar, T., 1954; bir mujik ikki gene- Ralni boqqani haqida qissa, T., 1973. Ad.: Makashin S.A., Saltikovtshe- Drin, Biografiya, t. 1,2., M., 1951; B u shmi n A.S., M.E.Saltikovtshedrin v vos- pominaniyax sovremennikov, t. 1-2, M, 1975; Turkov A., Saltikovtshedrin, M., 1981.