Samad Vurg’un

Samad Vurg’un (taxallusi; asl ism-sharifi Samad Yusuf o’g’li veki- lov) (1906.12.5, yuxari Salaxli qishlog’I — 1956.27.5, Boku) — Ozarbayjon shoi- ri, dramaturg va jamoat arbobi. Ozar- bayjon xalq shoiri (1955), Ozarbay- jonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1943). Ozarbayjon FA akad. (1945). Ijodi 1924 y.dan boshlangan. SV. ijo- dining dastlabki davrida Ozarbayjon she’riyatiga kirib kelayotgan forma- lizm ko’rinishlariga qarshi kurashgan. «Shoirning qasami» (1930), «fonar» (1932) she’riy to’plamlari, «26» (1935), «Basti» (1937), «Toliston» (1938) va «Mug’an» (1940) dostonlarida 30y.lar- dagi mehnat va kurash romantikasi o’z ifodasini topgan. S.V.ning shu davr- dagi ijodida «voqif» she’riy drama- si (1937) alohida ahamiyatga ega bo’lib, unda 18-a.da yashagan Ozarbayjon shoiri Voqifnmt mashaqqatli hayoti va ijodiy faoliyati katta mahorat b-n tasvirlan- gan. «Farhod va Shirin» dramasi (1941) Nizomiyning «Xusrav va Shirin» dosto- ni asosida yozilgan. U «Xanlar» (1939) she’riy dramasi, «ona so’zi» (1941), «Oygun» (1951), «negr so’zlaydi» (1948) dostonlari hamda «yondirilgan Kito- blar» (1947) she’riy turkumi mualli- Fi. Insonparvarlik, vatanparvarlik va baynalmilallik SV. ijodining g’oyaviy asoslarini tashkil etadi. SV. Ozarbay- jon she’riyatida zamonaviy til va uslub- ning shakllanishiga katta hissa qo’shgan. Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Sh. Rustavelli, A. S. Pushkin, T. Shevchenko, M. Gorkiy asarlarini Ozarbayjon ti- liga tarjima qilgan. Uning bir qancha she’r va dostonlari o’zbek tilida nashr etilgan. As: tanlangan asarlar, T., 1958.