Samarqand miniatyura maktabi

Samarqand miniatyura maktabi — o’rta asrlarda Samarqandda shakllangan tasviriy san’- atdagi uslubiy yo’nalish. Eng rivojlan- gan davri 14-a. 2-yarmi — 15-a. va 17-a. larga to’g’ri keladi. Temuriylar davrida Samarqand yirik madaniyat markaziga aylangan, me’morlik va kitobat san’- ati beqiyos darajada taraqkiy etgan. Yozma manbalar, saqlanib qolgan san’- at yodgorliklari Samarqandda tasviriy san’at qadimdan rivojlanganligini ko’rsatadi (q. Afrosiyob devoriy rasm- lari). Amir Temur bog’laridagi saroy- lar devorlariga mahobatli rasmlar ish- langan, shohona chodirlar tasvirlar b-n bezatilgan, keyinchalik Mirzo Ulug’bek davrida ham binolar tasviriy lavhalar, syujetli asarlar b-n bezatilgan: shoh, uning yaqinlari va safdoshlari por- tretlari, qabul marosimlari, ziyofat, safar va jang lavhalari, ov va b. man- zaralar aks ettirilgan; ayniqsa, Mirzo Ulug’bek rasadxonasi devorlariga osmon gumbazi, yulduzlar olamiga taalluqli jismlarning ramziy tasvirlari ishlan- gan. Xuddi shunday tasvirlar b-n olim Abdurahmon asSo’fiyning astronomi- yaga oid risolasi ham S.m.m. vakillari tomonidan bezatilgan. S.m.m. ustalari yaratgan rasmlarda voqealar, asosan, man- Zara zaminida tasvirlanadi; romantic tasvirlarda O’rta Osiyo tabiatiga xos manzaralar, o’simlik va hayvonot dunyo- si, mahalliy xalq qiyofalari o’z aksini topgan. Mujassamotdagi originallik, bezak tuzilishi va badiiy ifoda vo- sitalaridagi aniqlik, yirik shakli, kenglikni simmetrik tuzilishi, sokin ritmi va b. o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan S.m.m.da qiyofalar ro’paradan chizilgan, voqealar pastbaland adirlar- da, ko’shk, chodir zaminida tasvirlangan; ayniqsa, zarrin och sariq — och binafsha rangli vazmin kolorit diqqatni torta- Di. Ustod Gung, G’iyosiddin, Amir Temur saroyida yashagan Xoja Abdulhay, uning shogirdi pir Ahmad Bog’ishamoliy, Muhammad Murod Samarqandiy va b. S.m. m.ning yirik vakillaridan. Nizomiy- ning «Xamsa» (1446-47, Istanbuldagi To’pqopu saroyida), «Mirzo Ulug’bek o’z a’yonlari b-n» alohida miniatyura (taxm. 1442, Vashingtondagi Frir galereya- sida), O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida saqlanayotgan Muhammad Shodining «Fathnoma» (taxm. 16-a.ning 10—20y.lari), «tarixi Abulxayrxo – niy» (taxm. 16-a. 40y.), Firdavsiyning «Shohnoma» (1556), Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» (1628) va b. qo’lyozma kitoblar S.m.m. vakillari tomo- nidan badiiy bezatilgan. Elmira Ismoilova.