SAMARQAND MUDOFAASI
SAMARQAND MUDOFAASI (1220) mo’g’ullar istilosi davrida Shahar aholisining qaxramonona kurashi. 1220 y. 10 Fev.da Chingizxon Buxoroni egalla- gach (q. Buxoro mudofaasi), o’z qo’shinini Xorazmshohlar davlatining 2poytaxti bo’lgan Samarqandni egallash uchun tash- laydi. Muhammad Xorazmshoh S.m.ga alohida e’tibor qaratgan. Shahar mudo- faasida 110 ming jangchi, 20 ta jangovar fil turgan. S.m.ga Tog’ayxon, Borsmasxon, Sirsig’xon, Ulokxon (O’ltonxon), Alp Er- xon, Shayxxon va Boloxon kabi amirlar bosh bo’lgan. Mo’g’ullar hujumi 8 martda boshlangan. Qamal paytida Chingizxon harbiy hiyla ishlatgan. U shahar qamali uchun qo’shinning ozgina qismini AJ- ratgan, asosiy kuchlarni esa pistirmaga qo’ygan. S.m. rahbarlari bu x,iylaga uchib, mo’g’ullarning ozligini ko’rib shahardan qo’shinning katta qismini tashqariga chiqarganlar. Mo’g’ullar yolg’ondan cheki- nishgan, samarqandliklar ularni ta’qib eta boshlashgan. Pistirmaga duch kelgan Samarqand qo’shini qurshab olinib tor- mor qilinadi. Ibn al Asirning yozishi- cha, mo’g’ullar 70 ming jangchini, juz- joniyning xabariga ko’ra, esa 50 ming jangchini o’ldirganlar. So’ngra Shahar devorlari tagiga sonsanoqsiz asirlar- ni haydab keltirib (q. Hashar) ularni jangovar tartibda yuzlik va o’nliklarga ajratib, har bir bo’linmaga bayroq top- shirganlar. Samarqand mudofaachilari- ning jangovar fillar b-n ikkinchi bor shahardan chiqib jang qilishlari ham samarasiz chiqqan. Mo’g’ullar hujumni kuchaytirib, shaharni manjaniqlardan to’pga tutganlar. Shaharda sarosima- lik boshlangan va nihoyat Chingizxon huzuriga shahar qozisi, shayxulislom va b. e’tiborli shaxslar boshchiligida va- killar jo’natilgan. Mo’g’ullar shaharga Namozgohdarvozasidan (shaharning shim. g’arbiy tomonidan) bostirib kirib (12 mart) shaqar istehkomlarini buzish- ga kirishganlar. Biroq shahar aholisi qarshilik ko’rsatishni davom ettirgan. Alatxon boshliq 1000 kishilik qo’shin mo’g’ullar safini yorib o’tib, keyin- chalik Muhammad Xorazmshohga borib qo’shilgan. Qolgan jangchilar (20 ming kishi) Tog’ayxon, Borsmasxon va Uloqxon boshchiligida qal’aga yashirinib olib, 17 martgacha qarshilik ko’rsatishgan. Mo’g’ullar Jo’yi Arziz kanalini buz- ganlaridan so’nggina qal’ani olishga muvaffaq bo’lgan. Suv arkning atrofini bosib, uning devorlarining bir qismini yuvib ketgan. Qal’a taslim bo’lgandan keyin tirik qolgan himoyachilar (1000 kishiga yaqin) Muhammad Xorazmshoh to- monidan 1212-14 y.larda qurdirilgan Jome masjidiga yashirinib olishgan. Mo’g’ullar masjidga neft quyib, u er- dagi barcha odamlar b-n birga uni yon- dirib yuborishgan. 30 ming turkqang’li 20 ta amirlari b-n qatl etiladi. Qozi, shayxulislom va ularga tegishli kishi- lar (50 mingdan ortiq kishi) dan boshqa Samarqand aholisining katta qismi qamal ishlari uchun haydab ketiladi. Shaharning deyarli barcha hunarmandlari (30 ming kishi) asir qilib olib keti- ladi. Tirik qolgan shaharliklarga 200 ming dinor tovon to’lash sharti qo’yilgan. Ad.: Samarqand tarixi, t. 1, T., 1971. Faxriddin Hasanov.