Samolyot

Samolyot (rus. Sam — o’zim va Le- tat — uchmoq), aeroplan —havodan og’ir uchish apparati. Dvigatel yordamida il- garilama harakatlanganda qanotlarda vujudga keladigan ko’tarish kuchi ta’- sirida erdan kutariladi. Dvigatel valiga urnatilgan vint tez aylanganda hosil buladigan tortish kuchi (porshenli dvigatellar urnatilgan Sda) yoki soplo orqali katta tezlikda chiqadigan gazlar- ning itarish kuchi (reaktiv dvigatelli Sda) ta’sirida oldinga harakatlanadi (uchadi). Qanotlarining bir yoki ikki te- kislikda joylashishiga qarab, S. mono- plan (qanoti bir tekislikda) va biplane (qanotlari ikki tekislikda), dvigatel- lari soniga qarab, 1, 2, 3 va 4 motorli (ba’zan, besh va olti motorli); dviga- tellari turiga qarab, vintli (porshen- li va turbovintli), reaktiv dvigatel- li (q. Aviasiya dvigateli), yulovchilar o’rinlari soniga qarab, bir, ikki va kup urinli; qo’llanilishiga qarab, harbiy va fuqaro, sanitariya, yuk va maxsus turlar- ga bulinadi. Quruklikdan, suvdan (gi- drosamolyot), shuningdek, ham suvdan, ham quruklikdan kutarila oladigan (samo- lyotamfibiya, ya’ni g’ildirakli shassi b-n jihozlangan gidrosamolyot) S.lar bor. S.ning asosiy qismlari: fyuze- Lyaj — odamlar, jixrzlar, qurollar (bir motorli Sda dvigatel) uchun mo’ljallangan korpus, qanot; elerona — Sni kundaling tekislikda boshqarish uchun mo’ljallangan qo’zg’aluvchan sirt, qanotning bir qismi; quyruq qanot. Quyruq qanot qo’zg’almas sirtlar: gori- zontal qism — stabilizator va vertical kiem — kil hamda qo’zg’aluvchan sirtlar, balandlik ruli va burish rulidan ibo- rat. Uchuvchi Sni eleronalar, balandlik va burish rullari yordamida boshqaradi. Bir motorli (dvigetelli) Sda ichki yonuv dvigateli fyuzelyajning tumshuq qismiga, reaktiv dvigatel urta yoki orqa qismiga o’rnatiladi. Ko’p motorli Sda dvigatellar qanotlardagi motor gondola- lariga mahkamlanadi. G’ildirakli shassi uchish oldidan va qo’ngandan keyin S.ning yugurishi uchun xizmat kiladi. S.ga havo ko’rsatadigan ro’para qarshilikni kamay- tirish uchun uchish paytida shassi bukla- nib, g’ildiraklar qanot ichiga tortiladi, qo’nish paytida yana chiqariladi. S. tez- ligi unga urnatilgan dvigatelga bog’liq bo’ladi. Mas, vintmotorli S. -320 km/so- atgacha; turbovintli va turboreaktiv S. — 1000 km/soat gacha; tovutshtsan tez uchar S. — 2500—Zoookm/soat. Jahonda «Bo- ing» (AQSh), yak, an, il, tu (Rossiya), «Karavella» (Frantsiya), «Xarrier» (An- gliya) va b. rusumli samolyotlar ishlab chiqariladi. S.lar O’zbekistonda ham ishlab chiqariladi. Toshkent aviasiya z-Di (hoz. «Toshkent aviasiya i. ch. birlashmasi» davlat aktsiyadorlik jamiyati) da IL14 (1940), AN10, AN8, AN12, AN22, «An- tey» (1956 y.dan), superlayner IL76 (1973 y.dan) ishlab chiqarilgan; 1992 y.dan IL114 samolyoti ishlab chiqarila boshladi (S.ning tarixi, taraqqiyot bosqichlari va b. ma’lumotlar haqida Aviasiya maqolasiga q.).