San-Frantsisko

San-Frantsisko – Tinch okeandagi qo’ltiq, shimoliy Amerika qirg’oqdari yaqinida. Okean bilan Oltin darvoza bo’g’ozi orqali tutashgan. Uzunligi 88 kilometr, eni 20 kilometr. Eng chuqur joyi 19 metr. Sakramento, San-Xokain daryolari quyiladi. G’arbiy sohilida Sanfrantsisko, sharqida Oklend, Berkli, Richmond shaharlari joylashgan. Qo’ltiqning ikki sohilini birlashtiruvchi ko’priklar (jumladan, dunyoda eng uzun ko’prik — 14,4 kilometr) qurilgan.