Sanatoriy

Sanatoriy (lot. sano — davolay- man, sog’aytiraman) — davolashprofi- laktika muassasasi slarda tabiiy davo- lash omillari (iqlim, mineral suvlar, shifobaxsh balchiq va b.) b-n bir qatorda davo badan tarbiyasi qo’llaniladi, parhez ovkatlar beriladi, davo va dam olish tar- tibiga amal qilinadi. Sanoat korxona – lariga yaqin joylarda ishchixizmatchilar uchun sanatoriyprofilaktoriylar tash- kil qilinadi (q. Profilaktoriy). Sana- toriyprofilaktoriylar korxona ma’mu- riyati va kasaba uyushmalari nazoratida bo’ladi. O’zbekiston S.larida iqlim, kuyosh, balneobalchiq b-n davolash, da- volash fizkulturasi va terrenkurdan keng foydalaniladi. Slar kurortlarda va iqlimi, tabiati, sanitariyagigiena shartsharoitlari qulay bo’lgan erlar- da (mahalliy S.) joylashadi. Bularga Shohimardon, Oqgosh, Chorvoq dam olish zonalari kiradi (q. Kurort). Yurtimiz aholisini o’zi yashab tur- gan odatdagi iqlim sharoitlarida so- iyumlashtirish uchun noyob tabiiy iqlim omillariga ega bo’lgan slar bor. Bu- larga «Oqtosh», «Zomin», «Kosonsoy», «Miroqi» S.lari kiradi. Shuningdek, respublikada mineral suvlarning barcha turlarini o’z ichiga olgan boy gidromi- neral resurslar mavjud. «Chimyon» Se- ida «Masesta» suviga o’xshash sulfid- li (vodorod sulfidli) suv, «Chortoq», «Nihol» S.sida yod va brom miqdori yuqori bo’lgan yodbromli suv, «Chino- bod», «Turon», «Bo’ston», «Botanika», «Sitorai Mohi Xosa», «Kosonsoy» Sla- rida Saki, Evpatoriya kurortlarining suvidan qolishmaydigan kam mineral- lashgan gidrokarbonat, natriy xloridli suv, «Abu Ali ibn Sino» S.sida tabiiy radionli suv bor. Bu shifobaxsh suv- lardan bemorlar ichadilar, vanna (dush) qabul qiladilar va davo maqsadlarida foydalanadilar. Bu slar hoz. kun ta- labiga javob beradigan zamonaviy da- volashdiagnostika bazasiga ega. Slarda davolashdiagnostika muolajalarini olib borish uchun malakali shifokorlar, tibbiy asbobuskunalar b-n jihozlangan xonalar va lablar mavjud. O’zbekistonda kattalar, bolalar va oilaviy slar bor. Tibbiy yo’nalishiga qarab slar sil b-n og’rigan bemorlar uchun (bu slarga yo’llanma bepul), qon aylanish a’zola- ri, ovqat hazm qilish a’zolari, nafas olish a’zolari kasalliklari, moddalar almashinuvining buzilishi, asab tizimi va tayanchharakat a’zolari, endokrin ka- salliklarini davolashga mo’ljallangan bo’ladi. Slar bir va ko’p profilli bo’lishi mumkin. Respublikamizdagi bir profilli slarga «Umid gulshani» (gine- kologik va Andrologik); «Sitorai Mohi Xosa» (buyraktosh), «Oktosh», «Zomin» (nafas olish a’zolari) kiradi. Sanatoriykurortda davolash samara- dorligi va natijalarning barqarorligi bemorlarni S. va kurortlarga to’g’ri tanlab yuborishga bog’liq. S.ga bemor- lar davolashprofilaktika muassasala- rida tibbiy ko’riqdan o’tkazilib, keyin yuboriladi. Vrach bemorga sanatoriyku- rort kartasini to’ldirib beradi. S.ga, asosan, kasalliklarning boshlang’ich davrida, shuningdek, stasionarda davo- lashga ehtiyoji bo’lmagan surunkali ka- salliklar b-n kasallangan hamda turli kasalliklar va operasiyalarni boshidan kechirgan bemorlarni tuzalish bosqichida yuboriladi. Bolalar S.lari surunkali kasalli- klar rivojlanishining oldini olishda kasal bolalarni kompleks davolashning muhim tomonlaridan hisoblanadi. Bo- lalarni S.ga vrach ko’rsatmasiga muvofiq yuboriladi. Revmatizm, sil, tayanch- harakat a’zolari funktsiyasining buzili- shi, nafas a’zolari, ovqat hazm qilish a’- zolari, buyrak, siydik chiqarish yo’llari va moddalar almashinuvining buzilishi kasalliklari, psixonevrologik kasal- liklar, teri kasalliklari, osteomielit, revmatoidli artrit b-n og’rigan bolalar S.lari mavjud. Ixtisoslashtirilgan bo- lalar S.laridan tashkdri «ona va bola» S.lari bor. Barcha bolalar Slarida tar- biyaviypedagogik ishlar olib boriladi. Davolash muddati uzaytirilgan Sda bo- lalar maktab dasturi bo’yicha o’qiydi.