Sanidin

Sanidin (Yunoncha sanidos — taxtacha) — jins hosil qiluvchi mineral, ishqorli dala shpatlarinit turi. (K, Na) [Si3O8]. Kristallari monoklin Singoniyali, tarkibida KAlSi3Og 37% dan kam bo’lmagan holatda triklin struktura (yuqori temperaturali albit)ta o’tib boradi. Shaffof, rangsiz. Qattiqligi 6. Zichligi 2600 kg/m3. Mo’rt. Paydo bo’lishi magmatik. Effuziv va gipabissal nordon va ishqorli tog’jinslarida keng tarqalgan. Sopol buyumlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.