San-Diego

San-Diego – AQShdagi shahar, Kaliforniya shtatida, Meksika chegarasiga yaqin. Aholisi 1,22 million kishi (2000). Tinch okean sohilidagi port. Transport yo’llari tuguni. Tsitrus mevalar yetishtiriladigan rayonning savdo markazi. Kosmik uchish apparatlari ishlab chiqariladi. Radioelektronika (jumladan, EHM va harbiy sanoat uchun jihozlar ishlab chiqarish), kemasozlik, priborsozlik, metallsozlik, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. universitet, hayvonot bog’i, delfinariy, muzeylar, akvarium, konservatoriya, rasadxona, kutubxonalar bor. Iqlim kurorti. Shaharga 1769 yilda asos solingan. AQShning Tinch okean sohilidagi harbiy bazasi.