SANSKRIT ADABIYOTI
SANSKRIT ADABIYOTI – Hindiston xalqlarining umu- miy qad. davr adabiyoti. S.a. hind tadqiqotchilarining fikricha, mil. AV. 4ming yilliklardan boshlab shaklla- na boshlagan. Ushbu adabiyotning ri- vojlanish tarixini shartli ravishda 3 yirik davrga ajratish mumkin: 1) «Vedalar»ning yaratilish davri (mil. AV. 4ming yillikdan boshlab to 1ming yil- likda ularga izohlar yozilishi b-n tugay- Di); 2) eposlar davri. Ikki buyuk hind eposi: «Ramayana» va «Mahabharata» eposlarining yaratilish davri (mil. AV. 2ming yillikdan to ularning yozma adabietga kirib kelishi, ya’ni mil. 1-a. largacha bo’lgan davr); 3) ertak, masallar, roman janri, she’riyatga oid risolalar hamda qad. hind dramaturgiyasining shak- llanish davri (mil. boshlaridan to 12-a. gacha bo’lgan davr). S.a.ga Veda adabiyoti va u b-n bog’liq estetik adabiyot, sanskritdagi epik obi- dalar kiradi. Bu adabiyot xalq og’zaki ijodining boy an’analari ta’siri- da vujudga kelgan. Shoir va dramaturg Ashvaghosha, dramaturg Bhasa uning ilk namoyandalaridir. Mil. 1ming yillik o’rtalari va oxirlarida S.a. da Kali- dasa dramalari, Bhartrihari va Amaru she’riyati, Bana va Dandin Nasri paydo bo’ldi. Mashhur «Panchatantra» («Kali- la va Dimna»), «Brihatkatha», «veta- lapanchavinshati», «Shukasaptati» kabi asarlar S.a. shuhratini olamga yoydi. S.a. Hindiston xalqlari ilg’or ijtimoiy tafakkurini o’zida ifodalagan adabiyot- dir. S.a. jahon tarixiy-adabiy jarayoni- da muhim o’rin tutadi. «Panchatantra», «Vetalaning 25 hikoyasi», «to’tining 70hikoyasi» kabi xalq kitoblari jahon xalqlari adabiyotida qayta ishlandi; ular J. Lafonten, I. Gyote, G. Geyne va b. ijodiga ta’sir ko’rsatdi. S.a. namu- nalari 10-a. boshlaridayoq O’rta Osiyo- da ma’lum bo’lgan (Beruniy «Kalila va Dimna» tarjimalari xaqida fikr yurit- gan). «Mahabxarata», «Kalila va Dimna» asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan (1966). Ad.: Serebryakov I . D., Ocherki drev- neindiyskoy literaturi, M., 1971; chel- shev E.P., Literatura Xindi, M., 1968. Ansoriddin Ibrohimov.