Sarimsoq

Sarimsoq (Allium sativutn) — piyozdoshlar oilasi piyozlar turkumi- ga mansub ikki va ko’p yillik o’tsimon o’simliklar turi, sabzavot ekini. Vatani — O’rta Osiyo. Yovvoyi xrlda Hindiston, O’rta dengiz atroflarida, Qozog’iston, Sibir, Kavkaz va O’rta Osiyoda uchraydi. O’zbekistonda yovvoyi S. (A. longicuspis Pgl.) tog’li mintaqalarda o’sadi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda etishtiriladi. Madaniy S.ning 2 turi mavjud bo’lib, biri gulpoya chiqarmaydi, ikkinchisi gullab, urug’hosil qiladi. S.ning O’zbekistonda tarqalgan gul- poya chiqaruvchi navlari serhosil, qishga chidamli. Bargi lentasimon, ildizi patak. Gullari mayda, ikki jinsli, qo’ng’iroqsimon, oq yoki binafsharang. Piyozi murakkab, pardasimon umumiy qobiq ichida 7— 30 dona mayda piyozcha- lari bo’ladi. Tarkibida qand, S, V Vita- minlari, efir moyi, fitontsidlar bor. Oziqovqatga, tibbiyotda, veterinariyada, sabzavotlarni konservalashda ishlati- ladi. S. boshqa sabzavotlarga nisbatan tez o’sadi. -7, -8° sovuqqa chidamli, 10— 12° issikda yaxshi o’sib rivojlana- Di, 20-25° da pishib, etiladi. S. ikki marta — bahorda va, asosan, kuzda eki- ladi. Kuzda ekilganidan kelgusi yili bahorda hosil olinadi. Madaniy S urug’ bermaydi, balki piyozidan tashqari gul- poyasi to’pgulida 10 dan 45 tagacha poya sarimsoqchalari hosil qiladi. S. vege- tativ yo’l b-n, kuzda va bahorda piyozini bo’laklarga ajratib ekib ko’paytiriladi. 100 m2 erga shunday piyozchalardan 10-15 kg sarf qilinadi. Sug’oriladigan unum- dor erlarga qator oralarini 45 sm, o’simlik oralig’ini 4-8 sm qilib, 4-6 sm chuqurlikka ko’miladi. Ekib bo’lingach, tuproq, somonli go’ng, chirindi b-n mul- chalanadi. O’suv davrida 5-6 marta sug’oriladi, oziklantiriladi, parvari- shi piyozga o’xshash. Bahorda o’sib chiqqan gulpoya (karnay) lari yulib tashlanadi. Uzbekistonda ertapishar (Mayskiy) navi may oyining oxirlarida, kechpishar (Bi- nafsharang, Jan. binafsharang, Andi- jon) navlari iyul boshlarida etiladi. Hosildorligi 50-150 ts/ga. Kasalliklari: vilt, asosiy zararku- nandasi — poya nematodasi.