SARIQAMISH GAZ-NEFT KONI

SARIQAMISH GAZ-NEFT KONI – Farg’ona viloyati Sariqamish antikli- nalida joylashgan kon. Kon geologiya- si 1930y.larda o’rganilgan. Burg’ilash natijasida bur, yura hamda paleozoy davrlariga mansub yotqiziklar tarkibi aniklandi. Yura yotqiziklari och kulrang har xil donali qumtosh va gillardan tashkil toptan, umumiy kalinligi 280 m gacha. Bo’r yotqiziklari 400 m qalinlikda bo’lib, qumtosh, gil, ohaktosh, mergel va chig’anoqlardan iborat. Paleogen yotqiziklari dolomitlashgan ohaktosh va yashil, qizg’ish gil qatlamlaridan tu- zilgan, umumiy qalinligi 360 m gacha. Burmaning chekka qismlarida qalinligi 40 m li neogen yotqiziqlarini uchratish mumkin; ular qizg’ish, jigarrang gil va och pushti qumtoshlardan iborat. Kondagi gazning s.og’. 0,681—0,685; gazda 81,1—82,8% metan, 0,3% oltingu- gurt, 4,2—11,2% azot va siyrak gazlar, 0,3—1,05% karbon kislota bor. NEF- tning s.of. 0,765, oltingugurtsiz, para- fin 5,2% bo’lib, metan neftlari tipiga mansub.