Sarko’b

Sarko’b (fors. — bosh yanchuvchi, uruvchi; boshi yanchilgan) — mudofaa jangi olib borilayotgan g’animga qirg’in keltirish maqsadida sun’iy yo’l b-n bar- po etilgan tepa, qal’a yoki hisorsimon baland joy, qurilma. Sharq xalqlari, xususan, Amir Temur, Shayboniyxon, Xiva xonlari armiyasida qamal chog’ida faol qo’llanilgan taktik usullardan biri. O’rta asrlarda ko’pdanko’p qal’a va qo’rg’onlar baland devor, burj va boru (o’q otish uchun mo’ljallangan shi- naklar)ga ega bo’lgan. Mustahkam qal’a va qo’rg’onlar uzoq muddatli mudofaa uchun zarur qurolyarog’, oziq-ovqat, em- xashak b-n ta’minlangan. Bunday insho- otlarni bir hamla b-n qo’lga kiritish mumkin bo’lmagan. Ana shunday kezlarda muhosara qurolyarog’lari ishga solingan. Mudofaadagi qal’a yoki qo’rg’on devorla- ri yonida undan baland bo’ladigan tuproq uyumi — S. tiklashga kirishilgan. Min- glab askarlar tevarakatrofdan o’tin, yog’och, shoxshabba to’plab, ustidan tosh, shag’al va tuproq to’kib S barpo etishgan. Ayni chog’da daraxt xodalaridan yasal- gan shotilar orqali jangchilar qal’a devoriga chiqa boshlagan. Qad rostlagan S.ga kamonchilar chiqishgan, manjaniq, to’p, ra’b kabi og’ir qurollar ham olib chiqilgan va ulardan qamaldagilarga qarshi o’t ochilgan.