Sarkor

Sarkor (fors. — ishboshi, na- zoratchi, boshkaruvchi) — 1) Temuriy- lar saltanatida kurilish va ommaviy hasharlarda ishboshi bo’lgan mansabdor. «S.»so’zi Alisher Navoiy asarlari- da teztez qo’llanishda bo’lgan; 2) Xiva xonligida S. zarur paytlarda harbiy harakatlarda ishtirok etgan va ko’p hollarda dushman mudofaa istexkomlari va qal’alari devorlari yonida barpo eti- ladigan sarko’blarni qurish, ular ustiga o’t sochar qurolto’pni olib chiqish ishla- riga boshchilik kilgan; 3) Qo’qon xonla- ri tarixiga oid arxiv hujjatlardan ma’lum bo’lishicha, S. Aholining turli qatlamlaridan soliq — xiroj undirish, muayyan shaxsni soliqdan ozod qilish, yuqori mansabdor tavsiyasiga yoki biror kishi arizasiga binoan, fuqarolarni yoxud askarlarni dondun b-n ta’minlash vazifasini ham bajargan; 4) Eronda ma- xalliy er egalari ixtiyoridagi maxsus qurolli bo’linma boshlig’i; 5) Turkiyada 18-19-a.larda oliy bosh qo’mondon. Hoz. paytda ham xalq jonli so’zlashuv tilida hashar yo’li b-n ariq va zovurlar qazish, imorat qurish singari ishlarga boshchilik qiluvchi yoki to’y-ma’rakalarga boshqosh bo’luvchi shaxs ba’zan S. deb nom- lanadi.