Sarmoya

Sarmoya (forscha tojikcha — bosh va mablag’) — asosiy savdo mablag’i. Sarmoya o’zining kelib chiqishi jihatdan savdo kapitali yoki savdo mablag’idir. Sharq mamlakatlarida tovarpul munosabatlari rivojlanib, savdo kapitali paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan. Bu mamlakatlarda sanoat kapitali kosibchilikdan yoki mayda dehqon xo’jaligidan emas, balki savdo va sudxo’rlik kapitalidan, yirik yer egaligidan o’sib chiqqan. Shunga ko’ra, sanoatga ko’chib o’tgan kapital, asbob-uskuna, bino, jihozlarda gavdalangan asosiy kapital ham Sarmoya deb yuritiladi.