Sarsabil, sparja

Sarsabil, sparja (Asparagus) — lolaguldoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi; sabzavot va man- zarali ekin. Evropa, Osiyo va Afrikada 150 turi bor. O’zbekistonda 2 turi yov- voyi holda uchraydi. Kaltabarg S. (A. brachyphyllus Turez.), fors (A. persicus Baker.) ko’p yillik, chirmashib o’sadigan o’t. Ikkala turi ham boshqa belgilari b-n birbiriga o’xshash, bo’yi 50— 150 sm. Barglari mayda, barg qo’ltig’ida ni- nasimon ko’rinishda. Shakli o’zgargan shoxchalar — kladodiylar hosil qiladi. Mevasi rezavor, rangi kizil. May oyida gullab, iyunda meva beradi. To’qaylarda o’sadi. Dorivor S. (A. offcinalis) Evropa- ning Markaziy va Jan. qismida, Zakav- Kaze va shim. Kavkazda keng tarkalgan. Sabzavot sifatida ekiladi; uning yosh novdalari ovqatga ishlatiladi. Tarki- bida 2% oqsil, 2,4% uglevodlar (klechat- kadan tashqari), vitaminlar V,, V2, RR, provitamin A mavjud. Sdan aspargin olinadi. Hosildorligi 30-35 ts/ga. S. ekilgan maydonlardan 10-15 yil hosil olinadi. S. aspargus nomi b-n manzarali o’simlik sifatida ham o’stiriladi.