Sartepa

Sartepa — qadimgi qal’aqo’rg’on xarobasi (mil. 1-8-a.lar). Andijon viloyati Balikchi tumani markazidan 1,5 km Jan.da Qoradaryo o’zanida joylashgan. Ilk bor Davan podsholigi paytida paydo bo’lgan, so’ngra kengayib dehqonchilik vohasining o’ziga xos markaziga aylangan. Bunga uning qulay geografik qududda — Qoradaryoning unumdor o’zanida joylashgani sabab bo’lgan bo’lishi kerak. Hoz. yodgorlikdan Ark qism va uning yaqinida ikkita mayda tepa saqlanib qolgan. Ark mayd. 1,7 ga bo’lib, undagi madaniy qatlam qalinligi 6,5 m ni tashkil etadi. S. 4 tomondan qalin paxsa devor b-n o’rab olingan. Sharqiy devor tomonda darvoza o’rni ko’rinib turadi. Arxeologik qazishlar natijasi- da uchta qurilish davriga oid me’moriy qoldiqlar va ashyoviy dalillar aniklan- gan. Yodgorlik 8-a. boshlarida arablar bosqini paytida buzib yuborilgan.