«Saturn»

«Saturn» — Amerikaning 1964— 67 yillarda yaratilgan 2 va 3 bosqichli seriyali eltuvchi raketalari (yer) nomi va ularni ishlab chiqish dasturi; «Apollon» kosmik kemasi, «Skayleb» orbital stantsiyasi va ba’zi yer sun’iy yo’ldoshlarini uchirishda qo’llanilgan. «S1» va «S.1B» — ikki bosqichli yer. «S.1B» — «Apollon» kosmik kemalarini yer atrofidagi orbitaga uchirishda qo’llanilgan. Start oldi massasi 590 tonna, diametri 6,5 metr, uzunligi 68,3 metr. Maksimal foydali yuki 18,1 tonna. «S.5» — uch bosqichli yer, «Apollon» kosmik kemalarini yer atrofi va oy atrofi orbitalarida hamda kosmonavtlarni oyga eltishda qo’llanilgan. Start oldi massasi 2950 tonna, maksimal foydali yuki 140 tonnaga yaqin, diametri 10,1 metr, uzunligi 85,6 metr.