Saturn, Zuhal

Saturn, Zuhal — Quyosh sistema- sidagi 9 ta katta sayyoralardan biri; Quyoshdan uzoqligi bo’yicha 6sayyora. Astronomik belgisi fi . Quyoshdan o’rtacha uzoqligi 9,58 astronomik birlik (1429,3 mln. km) gateng. Kattaligi jihatidan Yupitertn keyin 2o’rinda. Orbitasi- ning ekstsentrisiteta 0,056 bo’lgani tu- fayli bu masofa perigeliyda qisqarib, afeliyda uzayib turadi. S. Quyosh atro- fini o’z orbitasi bo’ylab 29 yilu 167 kunda bir marta to’la aylanib chiqadi. Uning o’z o’qi atrofidagi aylanish dav- ri ekvatorida 10 soat 14,5 min. bo’lsa, qutblariga tomon Yupiterdagi singari ortib boradi. S.ning o’rtacha radiusi 58 ming km, ekvatorida 60 ming km ga yaqin. S.ning zichligi 0,72 g/sm3 (bu er zichli- gining 0,13)ga, uning massasi 5681027 g (er massasidan 95,28 marta katta) ga teng. U, asosan, vodorod va geliydan iborat. Sayyora ekvatorining o’z orbita tekisligiga og’maligi 26°45’ni tash- kil etadi. S. sirtida ekvatori bo’ylab cho’zilgan qora mintaqalar va oq dog’larni kuzatish mumkin. Spektroskopik tekshi – rishlar S. atmosferasi, asosan, vodorod (N2) va metan (SN4) dan iboratligini ko’rsatgan bo’lsa, keyinchalik unda atse- tilen (S2N2) va etan (S2N6) topilgan. Infranurlarda kuzatish S.dagi tra ke- skinligini (95 K) ko’rsatdi. S. muntazam radionurlanishiga va uz magnit may- doniga ega. S. atmosferasida shunday past trada ham muzlamaydigan metan va ammiak topilgan. S.ni ilk bor Galiley 1610 y.da kashf etgan. S.ning ajoyi- botligi atrofidagi halqasidir. S.ning ekvator tekisligi bo’ylab joylashgan bu halqa, asosan, 3 ta alohida kontsen- trik halqadan iborat. Ulardan sayyoraga eng yaqini S, o’rtadagisi V va tashqisi A b-n belgilangan. Hamma halqalar de- yarli shaffof bo’lib, ular orqasidagi yulduzlarni ko’rish mumkin. A halqa b-n V halqa oralig’ini Kassini nomli qora bo’shliq tashkil etadi. Halqalarning qalinligi bir necha km, diametri 250 ming km, yoshi 100 mln. yil atrofida. 20-a.ning boshlaridayoq halqalar yaxlit qattiq jismdan iborat emasligi, ular S. atrofida Kepler qonuni asosida ay- lanadigan ayrimayrim kattiq zarra- lardan tashkil topganligi aniqlangan. Halqalarning infraqizil spektrla- ri, asosan, muz va qirov spektrlariga o’xshaydi. S. 22 ta tabiiy yo’ldoshga ega. Ulardan eng kattalari: Mimas, Entse- lad, Tefiya, Diona, Reya, Titan, Giperi- on, Yapet, Feba, Yanus. Titan massasi va kattaligi (4850 km) jihatidan Quyosh sistemasidagi ulkan (u oydan ham kat- ta) Yo’ddosh hisoblanadi. Titan metan va vodoroddan tashkil topgan atmosferaga ega. S. yo’ldoshlaridan faqat Feba o’z or- bitasida boshqalarga nisbatan teskari tomonga harakatlanadi.