Savag’ich, savacho’p

Savag’ich, savacho’p (Frianthus puprpurascens) —bug’doydoshlar oilasiga mansub qisqa ildiz poyali o’t. Poyasi qattiq, silliq, bo’yi 1,5—4 metr, diametri 1-1,3 santimetr. Daryo va kanal bo’ylarida, to’qaylarda o’sib, qalin o’tzor hosil qiladi. O’rta Osiyo, Kichik Osiyo, Eron va Hindistonda tarqalgan. Tarkibida 21-22% kletchatka, 5,5—6% protein, 1,8—2% yog’, 39-40% dan ko’proq tsellyuloza bor. Poyasidan mahalliy xalq tomlarni yopish va devor qilish maqsadida foydalanadi. Barglaridan tozalangan, pishgan va quruq poyasidan Yung va paxtani savashda foydalanish mumkin (nomi shundan olingan).