Savanna
Savanna (ispancha sabana) – har yer-har yerda yakka holda to`p-to`p daraxtlar o`sadigan quruq tropik o`t o`simliklari. Savanna – nam tropik o`rmonlarning har ikki tomonida joylashgan tabiat zonasi. Savannada bo`liq o`tlar (2 m va undan ham baland o`tlar, asosan boshoqlilar) orasida to`p-to`p daraxtlar va bo`talar (Afrikada soyabonsimon akatsiyalar, baobablar, palmalar, daraxtsimon molochaylar, Janubiy Amerikada palmalar, Avstraliyada evkalipt va akatsiyalar) o`sadi. Yil ikki mavsumdan iborat: qish quruq va issiq, yoz esa issiq hamda seryomg`ir bo`ladi. Laterit tuproqlar keng tarqalgan. Sernam mavsumda o`simliklar bars urib o`sadi, quruq mavsumda o`tlar qurib, daraxt va bo`talar barg tashlaydi. Xilma-xil hayvonlar: fil, jirafa, antilopa, zebra, begemot, arslon, qushlar (tuyaqush) va b. yashaydi. Hozirgi vaqtda savannalarning ko`p qismlari haydab yuborilgan yoki yaylovga aylantirilgan.