Saylov

Saylov — ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari va b. tuzilmalarni tashkil etish vositasi. Fuqarolarning o’z saylov huquqini amalga oshiri- shi — ularning davlatni boshqarishda ishtirok etishining eng muhim shak- llaridan biri. S. o’tkazish tartibi va qoidalari, odatda, Qar bir davlatning Konstitusiyasi va b. konstitusiyaviy- huquqiy hujjatlarda belgilanadi. S. turli ko’rinishda bo’ladi. Unda aholi qatnashishi yoki ularning vakillarigi- na ishtirok etishi mumkin. S. ochiq yoki yashirin ovoz berish yo’li b-n o’tkaziladi. Qaysi organ saylanayotganligiga qarab parlamentga yoki prezidentlikka S, par- lamentning umumiy yoki bir qismi uchun S o’tkazilishiga qarab yalpi yoki qisman S. bo’lishi mumkin. Hududiga qarab umum- davlat yoki mahalliy; o’tkazilish vaqtiga qarab navbatdagi yoki muddatdan oldingi; bir partiyali, ko’p partiyali yoki partiya- siz; muqobillik asosida va nomuqobil (agar yagona nomzod ko’rsatilsa); to’g’ri yoki ko’p bosqichli; asosiy yoki qo’shimcha S. o’tkazilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga binoan, mamlakat Prezident saylovi, O’zR Oliy maj- lisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, viloyatlar, tuman- lar, shaharlar davlat hokimiyati vakil- lik organlariga S. tegishlicha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugay- digan yilda — dekabr oyi 3-o’n kunli- gining 1-yakshanbasida o’tkaziladi. S.lar umumiy, teng, to’g’ridanto’g’ri S huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li b-n o’tkaziladi (yana q. Saylov shizimi, say- lov huquqi).