Segnetoelektriklar

Segnetoelektriklar – tashki maydon ta’siri bo’lmaganda ham muay- Yan tra intervalida spontan (o’z-o’zidan) qutblanish qobiliyatiga ega bo’lgan Die- lektrik kristallar. S.ning bu xossasi elektr maydon, deformasiya, traning ortishi yoki kamayishi kabi ta’sirlar ostida kuchli o’zgaradi. «S.»termini birinchi marta 1655 y.da sintez qilish yo’li b-n vino kislotaning natriyka- liyli qo’shaloq tuzi (segnet tuzi) — NaKC4H4O64H2O ni kashf kilgan Fran- suz dorishunosi E. Senet (E. Seignette, 1632-98) nomi b-n ataladi. S.ning o’z- o’zidan qutblanish xususiyatini dastlab 1920 y.da segnet tuzlari kristallarida J. Valashek, 1930ylarda rus olimlari V. M. Vul, I.V.Kurchatov va P.P. Kobekolar aniqlagan. S.ning elektr xossalari ko’p jihatdan ferromagnetiklarning mag- nit xossalariga o’xshashligidan xorijiy adabiyotlarda S. o’rnida ferroelektri- klar termini ishlatiladi. Segnet tuzi, bariy titanat, triglisinsulfat, digi- drofosfat kaliy va Mendeleev davriy sistemasi elementlarining turli mu- rakkab birikmalari S. hisoblanadi. Segnetoelektrik xossaga ega bo’lgan kristallarda simmetriya markazi bo’lmaydi, butun musbat ionlar markazi b-n manfiy ionlar markazi mos tushmay- Di. Bu esa spontan qutblanishning hosil bo’lishi uchun fizik sharoitni yaratadi. S. boshqa dielektriklardan quyidagi xarakterli xossalari b-n farq qiladi: 1) oddiy dielektriklarda dielektrik kirituvchanlik e bir necha birlikka (mas, suv uchun e = 81) teng bo’lsa, S. uchun e bir necha mingga teng bo’lishi mumkin; 2) e ning qiymati ma’lum tra interva- lida kuchli o’zgarib boradi. Mas, bariy titanat uchun tra 120° dan 80° gacha Pa- sayishida e ning qiymati 2000 dan 6000 gacha ortib boradi va so’ngra yana kamayib ketadi; 3) S. dielektrik kirituvchanli- klari tashki elektr maydon kuchlangan- ligiga bog’liq ravishda o’zgarib boradi, boshqa dielektriklarda esa e moddani xarakterlovchi kattalik bo’lib, maydon kuchlanganligiga bog’liq emas; 4) elektr maydon o’zgarganda qutblanish vektori R ning qiymatlari maydon kuchlanganligi £ ning qiymatlaridan kechikib o’zgaradi. Natijada R, E ning ayni vaqtdagi qiymatlarigagina bog’liq bo’lmay, ilga- rigi qiymatlariga qam bog’liq bo’ladi. Segnetoelektrik kristallardagi zaryad- larning o’zaro ta’sirlashishi natija- sida shu zarralarning dipol moment- lari spontan ravishda birbirlariga parallel joylashadi. Dipol moment- larining bir xil yo’nalishi butun kri- stallga tarqalishi juda kam uchraidi- gan holdir. Odatda, kristall bir qancha sohalarga bo’linib, har bir sohadagi dipol momentlar birbirlariga paral- Lel joylashgan bo’ladi. Lekin turli sohalarning qutblanish yo’nalishlari har xil bo’ladi, natijada butun kri- Stall bo’yicha olingan natijaviy dipol momenti nolga teng bo’lishi mumkin. Spontan qutblanish sohalari domenlar deb ataladi. Domenlarning qalinligi o’n mikrometrdan, yuzasi esa bir necha Santi- metr kvadratdan ortiq bo’ladi. Domenlar soni kristall simmetriyasiga bog’liq. Tashqi elektr maydon ta’sirida domen- larning momentlari yaxlit moment si- fatida buriladi va maydon yo’nalishiga mos joylashadi. Har qanday S. uchun shunday tra mav- judki, bu tradan yuqoriroq trada mod- da o’zining ajoyib xususiyatlarini yo’qotadi va oddiy dielektrikka aylanib qoladi. Bu Trani Kyuri nuqtasi Ts deb ataladi. Segnet tuzining ikkita Kyuri nuqtasi bor: -15° da va +22,5° da; bu tuz shu tra intervalidagina segnetoelektrik xususiyatga ega bo’ladi. Agar tra -15° dan past va +22,5° dan yuqori bo’lsa, elektr xossalari oddiy dielektirikdan farq qilmaydi. Kyuri nuqtasida spontan KUG- blangan holat (qutbli faza) dan spontan qutblanishi yo’q bo’lgan holat (qutbsiz faza)ga yoki aks yo’nalishida faza o’tishi yuz beradi. S.ning pezoelektrik xossasidan ultratovush nurlatgich, tovush signal- larini elektr signallariga aylanti- ruvchi asboblar, bosim datchiklari, kat- ta sig’imli kondensatorlar tayyorlash va b.da foydalaniladi.