Senaj

Senaj (rus. seno — pichan) — na- mligi 50-55% ga qadar so’litilgan ko’k poyalarni germetik sharoitda konserva- lash yo’li b-n tayyorlanadigan ozuqa. S.ni pichan va silos uchun foydalaniladigan barcha turdagi o’tlar va ularning aralash- masidan tayyorlash mumkin. Ko’proq DUK- kakli o’tlardan tayyorlanadi. O’tlarni o’rish, so’litish, maydalash, transheya- ga bosish, shibbalash va ustini yopish jarayonlarini qamraydi. Ustiga ikki qavat polietilen plyonka yopilib, 30 sm qalinlikda tuproq b-n ko’miladi. Mol- ga berish uchun 20 kunda tayyor bo’ladi. S. ochilgach, kundalik rasionga loyiq mikdori olinib, darhol usti zich yopib qo’yilishi lozim. Aks holda havo ta’- sirida oksidlanib sifati buziladi. Usti ochilmagan S.ni 1 — 2 yil saklash mumkin. S. bostirish uchun o’simliklar g’unchalash va gullay boshlash davrida o’riladi. 100 kg beda Si da 35-40 ozuka birligi, 4-5 kg hazm bo’ladigan prote- in, 450-460 g karotin bor. 1 kg S.ning to’yimliligi 0,33— 0,35 ozuqa birligi (3,6 MJ almashinuvga energiya)ga teng.