Senkevich (Sienkiewicz) Genrik
Senkevich (Sienkiewicz) Genrik (1846.5.5, Volyaoksheyska 1916.15.11, Veve, Shveytsariya) — polyak yozuvchisi. Dastlabki asari — «behuda» (qissa, 1872). 1876-78 y.larda «safar», «qora eskizlar» kabi asarlar yozgan. S. ijodi- da gumanizm yuksak darajaga ko’tarilgan («Yanko — musikachi», 1879; «Bartek — g’olib», 1882). 1882 y.dan S. ijodi- ning 2davriga mansub tarixiyvatanpar- varlik mavzuidagi («ut va qilich b-n», 1883-84; «Toshqin», 1884-86; «Pan Volodievskiy», 1887-88) romantrilo- giyasida Polshaning Shvesiya, Ukraina va Turkiya b-n tarixiy urushlari dav- ridagi vokealar, takdirlar aks etgan. «Xoch ko’targanlar» (1900) romanepope- yasi tarixiy salib yurishlari mavzuida. S. ijodining cho’qqisi «Kamo gryadeshi» (1896, «kayoqqa ketayapsan?»iborasi- ning lotincha nomi bo’lib, Iso Masihga qarata aytilgan) romanidir. Asarda im- perator Neron davrida endigina yuzaga kelayotgan nasroniylik oqimi taraf- dorlarini qatag’on kilish voqealari tasvirlangan. Psixologik romanlari («Diniy aqidalarsiz», 1889— 90), hikoya va qissalari bor. Nobel mukofoti Lau- reati (1905).