Servis

Servis (ing. service — xiz- mat) — jismoniy va yuridik shax- slarga, umuman keng aholiga xizmat ko’rsatish; i.ch.texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni, madaniymaishiy, xo’jalik va b. sanoat mahsulotlarini so- tish hamda ularni ishlatish b-n bog’liq bo’lgan xizmat ko’rsatish sohalari. S. texnika vositalari, maishiyro’zg’or AP- paraturasi, kommunal texnikani sozlash va ta’mirlashga nisbatan ham qo’llanadi. S. ning quyidagi turlari mavjud: Sotuv- ga qadar va sotuvdan keyin S. (kafolat- li, kafolatdan keyingi). Sotuvga qadar S. mahsulotlarni tashish vaqtida sodir bo’lgan nuqsonlarni bartaraf etish, to- varni ish holatiga keltirish, tovarning ishlashini xaridorlarga namoyish etish va b.ni kamraydi. Sotuvdan keyingi (ka- folatli) S. tovarning normativtexnik xujjatida yoki shartnomada shartlashil- gan muddatlarda yuz bergan nuqsonlarini o’z vaqtida bartaraf etishdan iborat. Bunga xaridorni buyumni ishlatish qoidalari b-n dastlabki tanishtirish – ni kiritish mumkin. Kafolatli S. xiz- mati xarajatlari sotish narxiga kiri- tilgani uchun bunday xizmatlar tekinga ko’rsatiladi. Kafolat muddati o’tgandan so’ng S. sozlash va zarur qismlar b-n ta’- minlash, buyumdan foydalanish bo’yicha maslahat berish va 6., odatda, shartnoma asosida haq olib amalga oshiriladi.