Seysmik ball
Seysmik ball — zilzilani yer yuzasida sezish va uning oqibatida imoratlarning buzilish darajasini seysmik asboblar va makroseysmik usullar bilan belgilaydigan shartli birlik (raqamli baholash). O’zbekistonda zilzila kuchini belgilaydigan 12 balli MSK64 jadvali qabul qilingan. Bundan tashqari, jahonda Seysmik ballni aniqlashda Merkellining modifikatsiya (mm), rixterning magnituda jadvallari (Rixter shkalasi) ishlatiladi.