Seysmometriya

Seysmometriya (seysmo… va …metriya) — zilzila paytida grunt, bino va inshootlarning tebranishlarini yozib oluvchi asboblar va usullarni yara- tish b-n shug’ullanadigan seysmologiya bo’limi. S. 20-a. boshlaridan rivojlana boshladi. O’sha paytlarda gruntningte- branishlari 3 usulda — mexanik, op- tik va galvanometrik usullarda qayd qilinardi. Bu usullarning ichida gal- vanometrik usul ancha samarali bo’lib, undan hozir ham foydalaniladi. Seys- mik tebranishlarni qayd qiluvchi asbob seysmograf, qayd qilish natijasida paydo bo’lgan yozuv seysmogramma deb ata- ladi. Er qimirlashlari, yadro portlash- lari va b. qayishqoq to’lqinlar manbala- ri ta’sirida vujudga keladigan seysmik to’lqinlar seysmik st-yalarda uzluksiz qayd qilib turiladi. S. gaz va neft konlarini seysmik razvedka qilishda; muayyan hududning geologik tuzilishini seysmik zondlashda muxim rol o’ynaydi. O’zbekistonda S.ga doir i.t. ishlari, asosan, O’zbekiston FA Mexanika va in- shootlarning seysmik mustaxkamligi in-tida, Seysmologiya in-tida olib bo- riladi.