Seytjonov Tojetdin

Seytjonov Tojetdin (1924.8.4, Qoraqalpog’iston, Kegeyli tumani — 1998.16.7, Nukus) — Qoraqalpog’iston xalq shoiri (1985) va dramaturg. Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1959). O’qituvchilar in- tini tugatgan (1948). «Jas Leninshi» (1954— 56), «Sovet Qaraqalpaqstani» (1967— 73) gaz. va «Amudarya» jur.da (1962— 64; 1978 y.dan) va b. tashkilot- larda ishlagan. Qoraqalpog’iston Radio va televidenie davlat qo’mitasi raisi o’rinbosari (1973-78). Ilk she’rlar to’plami — «Azamat yigitlar» (1956). «Zebo» (1957), «qanotli yoshlar» (1961), «Muhabbatnoma» (1971), «hayot fal- safasi» (1979) she’riy kitoblarida qrraqalpoq xalqi hayoti aks etgan. «Qorli so’qmoklar» (1959), «Abu Rayhon beru- niy» (1973), «Nukus afsonasi» (1981) va b. pesalar muallifi. «Dengizdan esgan shamol» she’rlar to’plami o’zbek tilida nashr qilingan (1981).