SHARQIY KOREYA QO’LTIG’I
SHARQIY KOREYA QO’LTIG’I – Yapon dengizidagi qo’ltiq, Koreya qirg’oqlariga tutash. Qirg’oqlar yaqinida chuqurligi 60 metr, ochiq qismida 1800-2000 metrgacha. Suv qalqishi notekis, 0,5 metrgacha. Baliq ovlanadi. Yirik portlari: Vonsan va Xinnam (KXDR)