SHO’RAJRIQ

SHO’RAJRIQ — bug’doydoshlar oilasiga mansub ko’p yyllik ildizpoyali o’t. Poyalari yer bag’irlab o’sadi. Barglari ingichka qalami, yassi. To’pguli boshoqsimon ro’vakdan iborat. Boshoqchalari 5-6 gulli, changisi 2 ta, urug’chisi patsimon. Iyun — avgustda gullab, meva beradi. Tekisliklardagi sho’rxoklarda sho’rlangan qumlarda o’sadi. O’zbekistonning barcha viloyatlarida tarqalgan. Sifatli yem-xashak beradi.