SHUNGIT
SHUNGIT (Kareliyadagi shunga qishlog’i nomi bilan atalgan) — tokembriy davriga mansub, tarkibida yopiq kristalli uglerod mavjud bo’lgan tog’ jinsi. Metamorfizm jarayonida grafitoidlar va yopiq kristalli grafitlarga aylanadi. To’q qora rangli, mumsimon yaltiroq. Qattiqligi 3-4, zichligi 1,8— 1,9 gramm/santimetr kub. Shungit qurilish va sanoat uchun qimmatli xom ashyo, alohida ko’rinishli turlari bezakqurilish materiali hisoblanadi. Betonda yengil to’ldiruvchi sifatida foydalaniladi.