Sibagatullin Lutfulla Sibayevich

Sibagatullin Lutfulla Sibayevich (1912.15.3, Perm viloyati Uinskoe tumani — 1976, Parkent) — 2-jahon urushi qatnashchisi. Namangan viloyatidagi Norin tumanida o’qituvchi, xalq maorifi bo’limida ishlagan. 1938 yildan armiyada. 1943 yil 22 sentabrda Desna va Pripyat daryolarini kechib o’tishda jasorat ko’rsatgan. 1943 yil 16 oktabrda qahramon unvoni berilgan. Toshkent viloyatining Parkent qishlog’ida ma’muriyxo’jalik ishlarida ishlagan. Parkent qishlog’idagi ko’chalardan biriga nomi berilgan.