Sichuan soyligi, qizil havza
Sichuan soyligi, qizil havza — Xitoydagi soylik, asosan, Yantszi daryosi o’rta oqimining chap sohilida. Mayd. 200 ming km2. Bal. 400— 500 m (chekka qismi 1000 m gacha). Qizil rangli qumtoshlar va b. cho’kindi jinslarning qalin qatlami b-n to’lgan. Kumir va tosh tuzi konlari bor. Jan. ga qaragan zina- poyasimon amfiteatr ko’rinishida. Ikli- mi subtropik mussonli iqlim, yanv.ning o’rtacha t-rasi 10°, iyulniki 29°. Yillik yog’in 800— 1750 mm. Atrofidagi tog’lar yon bag’irlari keng bargli va igna bargli o’rmonlar b-n qrplangan. Qo’riqxonalar tashkil etilgan. Mamlakatning muhim q.x. rayoni (sholi, bug’doy, choy, tama- ki, tsitrus mevalar ekiladi). Yirik shaharlari — Chuntsin, Chendu.