Sifat

Sifat (falsafada) — ob’ektning muhim belgilarini ifodalaydigan falsafiy tushuncha. S. ob’ekt tarkibiy qismlarining o’zaro turg’un munosabat- larini aks ettiradi, bu munosabatlar bir ob’ektni ikkinchi ob’ektdan ajra- tib turadigan o’ziga xos tomonlarini anglatadi. Shu b-n birga S. bir turdagi ob’ektlarga xos umumiylikni ham ifo- dalaydi. S. tushunchasini dastlab ari- Stotel taxlil qilgan. U S.ni narsalar- ga nisbatan aktsidentsiya deb ta’riflay- Di. Ibn Sino esa S.ni narsalarning AJ- ralmas xususiyati, o’z-o’zicha mavjud emas deb hisoblaydi. Yangi davr falsafasida birlamchi va ikkilamchi sifatlar tu- shunchasi shakllangan. Gegel S.ga borliq b-n aynan bo’lgan muayyanlik deb ta’rif bergan. Uning fikricha, S. yo’qolishi b-n predmetning o’zi ham yo’qoladi. Ob’- ektiv olamdagi narsalar o’zgarishda va rivojlanishda bo’lishi b-n birga, ular nisbatan barqaror yaxlitlikka ega bo’lib, muayyan buyum yoki narsa ko’rinishi (si- Fat)da namoyon bo’ladi. Biron narsaning aynan shu narsa ekanligini ko’rsatuvchi jihati uning S.idir. S. predmet- ning ichki mohiyatini, ichki va tashqi aloqadorliklari birligini ifodalay- Di. S. predmetning miqdor xususiyatlari b-n chambarchas bog’langan. Mas, suv kimyo- viy tarkibiga ko’ra 2 vodorod atomining 1 kislorod atomiga birikishidan hosil bo’lgan. Agar atomlar nisbati o’zgarsa suv boshqa sifatli kimyoviy moddaga ay- lanishi ham mumkin. Suvning fizik xos- sasiga ko’ra u 0° dan + 100° gacha bo’lgan haroratda o’zining suyuklik sifatini sa- klaydi, 0° dan past xaroratda muzga ay – lanadi, +100° dan yuqori haroratda bug’, ya’ni gaz holatiga o’tadi. Bu erda mikdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga aylani- shini kuzatish mumkin. Hoz. zamon fal- safasida S. narsalarning ichki va tashqi muayyanligi, narsaning bir qator xossa, belgi, xususiyatlari birligini ifoda- laydi, deb ta’riflanadi. S.ni predmet- ning xossalari, belgi yoki xususiyatlari b-n aralashtirmaslik lozim. S. predmet- ning nisbiy barqarorligini, doimiy- ligini, umumiyligini ifodalasa, xossa va xususiyatlar predmetning muayyan to- mon va belgilarini, boshka predmet va hodisalar b-n aloqadorliklarida namo- yon bo’ladigan jihatlarini ifodalaydi. Falsafada S.lar tabiiy S.lar va ijti- moiy S.larga ajratiladi. Tabiatda narsa va hodisalarning muayyan jihatlarini, jismiyligini, fazovaqt tuzilishini, energetik holatini, tarkibini ifoda- lovchi S. tabiiy S. deyiladi. Inson FA- oliyati b-n bog’liqbo’lgan, kishilarning birbiri va tabiat b-n aloqadorliklari natijasida vujudga kelgan S. ijtimoiy S. deyiladi. Ijtimoiy S. individual va ijtimoiy ong vositasida insonning mehnat faoliyati tufayli vujudga kela- Di. Ijtimoiy S. o’z navbatida funktsi- onal va sistemaviy S.larga bo’linadi. Funktsional S.ga ega bo’lgan ob’ektlar majmuasi ikkinchi tabiat deb ham ata- ladi. Unga inson tomonidan yaratilgan narsalar (uy, mix, traktor, samolyot va b.) kiradi. Kishilarning muayyan ij- timoiy munosabatlari majmuini ifo- da etuvchi S. sistemaviy S. deyiladi. Bunday S. muayyan buyumda ijtimoiy aloqadorliklar sharoitidagina mavjud bo’ladi, bunday aloqadorliklardan tash- karida esa u yo’qoladi. Odam narsalar- ning vujudga kelish, rivojlanish, Emi- rilish, ya’ni boshqa S.larga ega bo’lgan yangi narsalarga aylanish jarayonlaridan iborat. S.ning o’zgarishi muayyan ob’- ektning boshqa ob’ektga aylanganligi- ni bildiradi. S. tushunchasi insonning ob’ektiv reallikni bilishidagi ma’- lum bosqichni ifodalaydi. Bilish Sdan miqdorga va so’ng ularning birligi — me’yorga qarab boradi. Har qanday pred- met S. va miqdor birligidan iborat (yana q. Mikdor o’zgarishlarining sifat uzga- rishlariga o’tishi qonuni). Ad.: Ibn Sina, Danishname, M., 1980; Falsafa (ma’ruzalar matni), T., 2000. Baxtiyor To’raev.