Sig’alon

Sig’alon — tog’larda tik yon bag’irlarning o’rta va quyi qismida to’plangan silliklanmagan parcha toshlar. Tub tog’ jinslarining nurashi va nurash jinslarining yuqoridan qulab tushishi natijasida hosil bo’ladi. Sig’alondagi jinslarning kattakichikligi ularning tarkibiga, iqlim sharoitiga bog’liq. Slanes, granit Sig’alonlar mayda toshli, ohaktosh Sig’alonlar yirik toshlidir. Quruq va sovuq iqlimda yirik toshli, sernam iqlimda mayda toshli bo’ladi.