Signalizasiya

Signalizasiya — diqqatni jalb qilish, xabar yoki buyruk, berish va ikki tomonlama gaplashishda signal uzatish uchun ishlatiladigan shartli belgi, qurilma va moslamalar majmui. Vazifasiga qarab, avariyaning oldi- ni olish, chaqirish, buyruq berish, o’t o’chirish, qidirish, ogoxlantirish uchun mo’ljallangan S.larga bo’linadi. Sig- nal qurilmalari. mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektr va radio tizimlar b-n ishga tushiriladi. Signallarni elektr orqali uzatish usuli keng tarqalgan. U avtomatik vositalar b-n bajariladi; vizual yoki akustik xillari bor. Vizual Sta lampochkali tabloning yonishi, mne- mosxem ad a avariya yuz berishi mumkin bo’lgan uchastka tasvirining yoritilishi va b. kiradi. Avariyaning oldini olish uchun, ko’pincha, yonibo’chadigan qurilmadan foydalaniladi. Akustik signallar si- fatida sirena, qo’ng’iroq, gudok ishlati- ladi.