Siljima

Siljima — er po’stidagi tekto- nik uzilma. Tektonik kuchlar ta’sirida tog’jinslari yaxlitligining buzili- shi natijasida ajralgan bloklarning birbiriga nisbatan uzilma tekisligi bo’ylab gorizontal yo’nalishda surili- shi. Surilish yuzasi tik, qiya va gorizon- tal yotgan bo’lishi mumkin. O’ng tomonla- ma va chap tomonlama S. bo’lib, ularning birinchi turida kuzatuvchi qarshisidagi blok o’ng tomonga va ikkinchisida esa chap tomonga surilgan bo’ladi. Surilish yuzasi bo’ylab harakatlanuvchi gidroter- mal eritmalardan rudali minerallar – ning cho’kmaga utishi sababli foydali qazilma konlari hosil bo’lishi mumkin. Siljimalarda bloklarning surilish amplitudasi bir necha sm dan o’nlab km gacha bo’lishi mumkin. O’rta Osiyodagi eng yirik S. struktura TalasFarg’ona chuqur er yorig’idir.