Simenon (Simenon) Jorj

Simenon (Simenon) Jorj (1903. 13.2, Lej — 1989) — frantsuz yozuvchi- si. Belgiya Qirollik akademiyasi a’- zosi (1952 y.dan). 1921 y.da Jorj sim taxallusi b-n «arkali ko’prik» dast- labki romanini e’lon qilgan. 1931 y.da «Piterlatish» romani bosilgan. Polisiya komissari Megrening sargu- zashtlari haqidagi «Megrening yozish- malari» (1950), «Megre sayohat qiladi» (1958), «Megre va daydi» (1963), «Me- GRE ikkilanmoqda» (1968), «Megre va Sharl» (1972) turkum romanlari chop etila boshlagan. Mazkur romanlar detek- TIV syujeti b-ngina emas, balki, birinchi navbatda, inson xarakterining badiiy tadqiqi, jinoyatni keltirib chiqaruvchi sabablarni ochishi b-n ahamiyatlidir. S. bu romanlari b-n jahon detektivsargu- zasht adabiyotining mashhur vakillari qatoridan o’rin olgan. S. komissar Megre haqidagi romanlaridan tashqari, «bir qashshoq hayotining to’rt kuni» (1949), «Prezident» (1958), «Qamoqxona» (1968) singari ijtimoiypsixologik, mustam- lakachilik siyosati va fashizm mafku- rasini qoralovchi «oy zarbasi» (1933), «Habashlar mahallasi» (1935), «qor ustida g’ubor» (1948), «akauka Rikolar» (1952) romanlarini yozgan. S, shuningdek, avtobiografik «xotirlayman» (1945), «Ibtido» (1948), «Onamga xat» (1974) va b. kitoblar muallifi. S. asarlari jahondagi ko’plab tillarga tarjima qilingan. As: Pervoe delo Megre [romani, po- Vesti, rasskazi], M., 1968. Ad.: Shrayber E. L., Jorj Simenon, L., 1983.