Sindh, Sindh tili
Sindh, Sindh tili — hind (hindoriy) tillaridan biri. Asosan, Pokistonning Sind viloyati (taxm. 10 mln.dan ortiq kishi so’zlashadi) hamda Hindistonning Maharashtra, Gujarat va Rajasthan Shtatlarida (2 mln.dan ortiq kishi gaplashadi) tarqalgan. 6 lahjaga bo’linadi: vicholi, sirayki, lasi, lari, thareli, kachchhi. Adabiy til vicho- li lahjasi asosida shakllangan. Bir qator in’ektiv jarangli undoshlarning saqlanib krlganligi va b. xususiyatlari b-n qardosh tillardan farq qiladi. Mor- fologiyada boshqa zamonaviy hindoriy tillariga karaganda flektiv shakllar ko’proq uchraydi. S.da adabiyot 17-18-a. lardan beri rivojlanib kelmoqda. Pokistonda S. uchun anchagina yangi belgilar qushilgan Arab yozuvi ishlatiladi. Hindistonda esa devanagari alifbosi qo’llanadi.