Singenetik konlar
Singenetik konlar (Yun. Syn birga va genetos — tugma) — bir xil geologik jarayonlarda yondosh jinslar b-n birgalikda hosil bo’ladigan foyda- li qazilma konlari. Odatda, qatlam va qatlamsimon shaklga ega bo’lib, to’shama va qoplama qavatlardan iborat. S.k.ga cho’kindi temir va marganes konlari, se- gregasion va likvasion magmatik konlar misol bo’ladi. S.k. sedimentogenez va dastlabki diagenez bosqichlarda rudali minerallarning cho’kmaga o’tishi tufay- li shakllanadi. Yondosh jinslar b-n Yago- na stratigrafik gorizontlarni tashkil etadi. Shu tufayli stratiformali kon- lar deb ham ataladi. Jan. Qozog’iston va O’rta Osiyodagi yuqori devon — quyi kar- bon dolomitlarida va ohakli dolomit- larda keng tarqalgan. Yirik konlari: Mirgalimsoy (Qozog’iston), Kulchulok va Uchquloq (O’zbekiston). Ularda qo’rg’oshin va rux zaxirasi sanoat ahamiyatiga ega.
O‘xshash so‘zlar
- Sinichenko Valentin Emmanuilovich
- Siniskiy Dmitriy Dmitrievich
- Siniyju, Siniychju
- Sinjuan Gao
- Sinkler (Sinclair) Epton bil
- Sinklinal
- Sinklinoriy
- SINODIK AYLANISH DAVRI


