Sinichenko Valentin Emmanuilovich

Sinichenko Valentin Emmanuilovich (1914.15.2, Odessa 1976.29.6, Toshkent) — kino rassomi, O’zbekiston xalq rassomi (1965). Odessa rassomlik in-tining tasviriy san’at studiyasini tugatgan (1937). 1941 y.dan Toshkent- da. Toshkent kinostudiyasi (1958 y.dan «O’zbekfilm»)da rassom, postanovkachi- rassom, bosh rassom (1964-76). S.ning dastlabki mustaqil ishi — «qutlug’ qon» filmi (1956). Kino i.ch. texnika- sini mukammal egallagan S. zamon, davr ruhini hamda voqeahodisalarning ta’- sirchanligini oshirish, rej. Maqsadini kadrda aniq ifoda etish, hayotiy muhitni ko’lamli, ishonarli tuzish imkoniga ega bo’lgan: «Furqat» (1959), «samolyotlar kuna olmadi» (1963), «fidoyi» (1966), «Ikki dil dostoni» (1966), «General Rahimov» (1968), «falokat oyoq osti- da» (1971), «ikki soldat xaqida qissa» (1976) va b. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).