Siniyju, Siniychju
Siniyju, Siniychju – KXD rda- gi shahar, mamlakatning shim.garbiy qismida, Amnokkan daryosi bo’yida. Pxyo- nanpukto provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 290 ming kishi (1990y. lar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. Sariq dengizning G’arbiy Koreya qo’ltig’i sohilidagi dengiz porti. T.y. ko’prigi orqali Dandun sh. bilan bog’langan. S. — mamlakatning yirik engil sanoat markazi. To’qimachilik, ko’npoyabzal, ti- kuvchilik, parfyumeriya sanoatlari ri- vojlangan. Mashinasozlik, kimyo (plast- massa, sintetik tola va b.), oziq-ovqat, tsellyulozaqog’oz, yog’ochsozlik, farmasev- tika va qurilish sanoati korxonalari, shahar yaqinida og’ir mashinasozlik kor- xonasi bor.