Sinkler (Sinclair) Epton bil

Sinkler (Sinclair) Epton bil (1878.20.9, Merilend shtati Baltimor sh. — 1968.26.11, Braundbruk) — Ameri- Kalik yozuvchi. Kolumbiya un-tida o’qigan. Ilk romani — «Shoh Midas» (1901). «Bahor va pishiqchilik» (1901) romani, «Artur Stirlingning kundaligi» va «Shahzoda Xagen» pesasi (1903)da ba- landparvoz patetika mavjud bo’lishiga qaramay, ulardagi ijtimoiytanqidiy ohanglar keyinchalik S. ijodida etak- chilik qilgan. S.ning «Jungli» (1906) romani yozuvchi ijodida etuklik davri boshlanganidan darak beradi. S. 20-a. boshlarida ijtimoiy mavzudagi «poy- taxt» va «sarroflar» (1908) romanla- ridan tashqari, «Sevgi sinovi» (1911), «Silviya» (1913), «Silviyaning tur- mushga chiqishi» (1914) singari oila va muxabbat mavzuida ham asarlar yozgan. Rossiyadagi 1917 y. inqilobi ta’sirida S. «Jimmi Xiggins» (1919) romanini yozib, unda interventsiya yillarida Ame- Rika qo’shinlari orasida Sovet davlati foydasiga targ’ibot ishlarini olib bor- gan proletar, «neft» (1927) romanida esa amerikalik fashistlar qo’lida halok bo’lgan kommunist obrazlarini yarat- gan. S.ning bolshevizmga xayrixoxlik ruhi b-n sug’orilgan va amerikacha hayot tarzini fosh etuvchi [«Boston», 1928; «Matlubot», 1936; «No pasapan!»(«Ular o’tmaydi!», 1937); «avtomobil qiroli», 1938 va b.] asarlari sovet davrida Ame- Rikadagi tanqidiy realizm adabiyo- tiga qo’shilgan ulkan hissa sifatida baholanib kelingan.