Sirt faol moddalar
Sirt faol moddalar – satxlar (fazalar) chegarasiga adsorbtsiyalanib, sath energiyasini (sirt taranglikni) Pa- saytiradigan moddalar. Moddalarning fazalar chegarasiga adsorbtsiyalanib, hajmiy kontsentrasiyaga bog’liq tarzda sirt taranglikni pasaytirish xossasi sirt faollik deyiladi. U Gibbsning adsorbtsiya tenglamasi r=(C/RT)(dc/dc) tarkibiga kiruvchi G=da/dc qiymat b-n ifodalanadi. Yukrridagi tenglamaga muvofiq S.f.m. uchun Gibbs adsorbtsi- yasi nuldan katta bo’lishi (g>0) lozim. Natijada adsorbtsion qavatdagi mod- da kontsentrasiyasi eritma hajmidagi kontsentrasiyadan yuqori bo’ladi. S.f.m. molekulasi difil tuzilishga ega bu- lib, 2 qism: qutblanmagan — gidrofob (suvdan qochuvchi) va qutblangan — gi- drofil (suvga tortiluvchi) qismlardan iborat. Shu tufayli S.f.m. 1 ta erituv- chining uzida sharoitga qarab, ham chin, ham kolloid eritma hosil qila oladi. Qutblanmagan guruhlar suvli sharoitda o’zaro gidrofob ta’sirlanishga uchraydi. Agar gidrofob kiem zanjirida 10-22 uglerod atomi saqlansa, ularning gidro- FOB ta’sirlanishi tufayli, shuningdek, qutblangan guruhlarning suv b-n kuchli ta’sirlanishi oqibatida S.f.m. moleku- lalarining o’zaro assosialanishi (birla- shishi) ro’y beradi, natijada yirikrok, zarralar hosil bo’ladi. Kolloid S.f.m. eritmasida misellalar hosil bo’lishi termodinamik jihatdan qulaydir. Bir xil qutblanmagan guruxlarning o’zaro ta’sirlanishi Gibbs energiyasining o’z- o’zidan kamayishiga olib keladi. Hosil bulgan misellalar yadrosini kugblan- magan radikallar, tashqi qobig’ini esa qutblangan guruxdar tashkil etadi. Bu, uz navbatida, gidrofob guruxlarning suv b-n eng kam ta’sirlashini ta’minlaydi. Kolloid S.f.m.ning misella hosil qiladigan eng kichik kontsentrasiyasi mi- tsella hosil qiladigan kritik kontsen- trasiya deyiladi. Eritma kontsentrasiya- siga qarab misellalar shakli o’zgaradi. Kichikroq kontsentrasiyada dastlab sferik (sharsimon) misellalar hosil bo’ladi, kontsentrasiya ortishi b-n misel- lalardan S.f.m. molekulalarining soni ortib, shakli tsilindr, so’ngra plastinka shakliga o’zgarib boradi. Kritik kontsen- trasiya qiymati S.f.m. tabiatiga, traga, yot moddalar va, ayniqsa, elekrolitlar mavjudligiga bog’liq. S.f.m. molekula- sidagi gidrofob guruxdar uzunligi ort- sa, kritik kontsentrasiya qiymati kichi- klashadi. Bu qiymat eritmaning kinetic faol zarralari soni va o’lchamiga bog’liq xossalari, mas, sirt taranglik, elektr o’tkazuvchanlik, optik xossalari bo’yicha aniklanadi. Kolloid S.f.m. eritmasining muhim xossasi — solyubilizasiya. S.f.m. ish- tirokida erimaydigan yoki oz eriydigan kichik molekulali birikmaning suv FA- zasiga o’z-o’zidan o’tishi solyubilizasiya deyiladi. Solyubilizasiya mexanizmi qutblanmagan modallarning misella- ning gidrofob yadrosida erishidir. So- lyubilizasiya hodisasi oziq-ovqat sa- noatida, farmasevtika amaliyotida keng qo’llanadi. Organizmda ham S.f.m. mavjud. Ular surfaktantlar deb ataladi. S.f.m.ning ionli, ionsiz; anion faol, kation faol, amfolit turlari mavjud. Ular xalq xo’jaligining turli sohalarida emul- Gator, solyubilizator, stabilizator, ho’llovchi, flotoreagent, yuvuvchi vosi- ta sifatida ishlatiladi. O’zbekistonda S.f.m. bo’yicha K. S. Ahmedov tashkil qilgan ilmiy maktabda katta izlanish- lar olib boriladi. Ad.: Ahmedov K., Aminov S., Sirtak- TIV moddalar, T., 1972; Zimon A.D., Le- tshenko N.F., Kolloidnaya ximiya, M., 2001. Sobirjon Aminov.