Sirt taranglik
Sirt taranglik — ikki xil faza (jism) lar chegaralanish sirtining termodinamik tavsifi. Suyuklikning hajmi o’zgarmagan holda qaytar izoter- mik sharoitda uning sirtini bir birlik- ka oshirish uchun sarflangan ish b-n ifo- dalanadi. Bu kattalik J/m2 yoki N/m larda o’lchanadi. Yangi sirtni hosil bo’lishida bajarilgan ish sirt qatlamidagi mo- lekulalarning o’zaro tutinish kuchla- rini engib, suyuqlik ichkarisidan yangi molekulalarni sirt qatlamiga o’tib qo’shilishlariga sarf bo’ladi. Natijada suyuklikning sirt qatlamiga qo’shilgan molekulalar qo’shimcha potentsial ener- giyaga ega bo’ladi. Muvozanat holat poten- tsial energiyaning eng kichik qiymatiga mos kelgani uchun, o’z holiga qo’yib be- rilgan suyuqlik sirti eng kichik bo’lgan shakl — shar shakliga ega bo’lish uchun in- tiladi, ya’ni suyuklik o’zini qisqarishga intiladigan elastik cho’zilgan parda ichiga solib qo’yilgandek tutadi. Odatda, «o’z holiga qo’yib berilgan» suyukliklar emas, balki erning tortishish kuchi ta’- siri ostidagi suyuqliklar kuzatiladi. Bunday holda suyuklik tortishish kuchla- ri maydonidagi energiya va sirt Energi- yasi yig’indisidan iborat bo’lgan umumiy energiya eng kichik bo’ladigan shaklni oladi. Suyuklikning mayda tomchilari- da sirt energiyasi ustunlik qiladi va tomchilar shakli sferik shaklga yaqin bo’ladi. Agar sirtni hosil qiluvchi FA- zalar hajmi molekula o’lchamlariga ka- raganda etarli darajada katta bo’lsa, S.t. sirtning kattaligi va shakliga bog’liq bo’lmaydi. Aralashmalar S.t.iga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Mas, suvda so- Vun eritilganda uning S.t.i (0,073 N/m) kamayib 0,045 N/m gacha tushib qoladi. Metall eritmalarining S.t.i ko’pchilik suyuqliklarga nisbatan katta bo’ladi, mas, platinaning S.t.i 2300 K da 1,82 N/m ga, simobniki esa uy t-rasida 0,484 N/m ga teng. Ftoruglerodli suyuqliklarning S.t.i eng kichik qiymatga ega. Tra ko’tarilgan sari suyuklikning zichligi b-n uning tuyingan bugining zichligi o’rtasidagi farq kamayib boradi. Shunga mos ravishda S.t. x,am kamayib boradi. Kritik trada S.t. nolga teng. Suyuklikgaz (bug’) yoki suyukliksuyu- Kliklarning oson harakatlana oluvchi ajralish chegaralarida S.t.ni bir necha usulda, mas, vertikal naycha uchidan uzilayotgan tomchi massasiga ko’ra, suyu- klikka botishi mumkin bo’lgan gaz Pu- fagining maksimal bosimiga ko’ra, yassi sirt ustidagi suyuqlik tomchisi yoki gaz pufagi shakliga ko’ra bevosita aniklash mumkin. Qattiq jismlarning moleku- lalari (yoki atomlari) erkin siljiy olmasligi tufayli, ularning S.t.ini ulchash qiyinroq. Shuning uchun qattiq jismlarning S.t.i molekulalar yoki atomlarning o’zaro ta’sirini o’rganish yo’li b-n bilvosita aniklanadi. Tirik organizmlarda S.t. butun hujayra yoki uning bo’laklariga muayyan shakl beruvchi omillardan biridir. S.t.ning kattali- gi va uning turli sharoitlarda o’zgarib borishi ko’pchilik hodisalarni, mas, ka- pillyar hodisalarnp vujudga kelishiga sababchi bo’ladi.