Sivalik, Old Himolay tog’lari

Sivalik, Old Himolay tog’lari — Himolay tog’lari sistemasidagi nisbatan pastroq tizmalar, Hindiston va Nepal hududida, Pir-Panjal va Mahabharat tizmalari oralig’ida, keng ma’noda — Himolay tog’larining Kashmirdan Tista daryosigacha bo’lgan qismining Janub chekka qismi. Shimoliy g’arbdan Janubi sharqqa 1700 kilometr masofaga cho’zilgan parallel tizmalardan iborat, eng baland joyi 2591 metr. Katta Himolay tog’laridan vodiylar bilan ajralgan. Qumtosh, konglomeratlardan tuzilgan. Yon bag’irlari daryolar bilan o’yilgan. Tropik o’rmonlar o’sadi. Choy plantatsiyalari bor.