Soch to’kilishi

Soch to’kilishi – sochning butun- lay yoki qisman to’kilishi. Qarilikda St. yosh ulg’ayishi bilan terida yuz beradigan o’zgarishlarga, shuningdek, soch oqarishi kabi normal fiziologik holatga yoki or- ganizmning umumiy qarishiga bog’liq. Vaqtdan ilgari st. turli yoshda kuzati- ladi, ko’pincha biror betoblik alomati bo’lishi mumkin. Ba’zan soqolmo’ylov, qosh va klpriklar, shuningdek, qo’ltiq osti va qov sohasidagi junlar ham to’kiladi. S.t.ga ko’pincha seboreya sabab bo’ladi. Bolalarda St. og’ir yuqumli ka- salliklar (gripp, bezgak, dizenteriya va b.), shuningdek, organizmda vitamin- lar (xususan, A, S, V, V6) etishmasli – gi, jigar, me’daichak, nerv sistemasi, qalqonsimon bez va jinsiy bezlarning surunkali kasalliklari oqibatida ro’y beradi. Simptomatik St. ayrim yuqumli kasalliklar, mas, zaxmda kuzatiladi, bunda soch tangatanga bo’lib tushib keta- Di; bemor tuzalganidan keyin to’kilib ketgan soch o’rniga yana soch chiqadi. O’ta toliqish, uyqusizlik oqibatida ham st. mumkin. Ko’pincha ayollarda S.t.ga sochni har xil turmaklash, permanent, ya’ni uzoq saqlanadigan jingalak qilish sabab bo’ladi. Vaqtdan ilgari st. o’rta yashar erkaklarda uchraydi. Bunda ikki chakka va tepadagi soch to’kila boshlab, bir necha yillardan so’ng butunlay qolmaydi yoki boshning chakka qismida qoladi, ya’ni «te- pakal» paydo bo’ladi. Odatda, «tepakal» tug’ishgan akaukalarda uchraydi va nael suradi (tepakallik teri tuzilishining irsiy xususiyatlariga ham bog’liq). Uya uya bo’lib S. t. nerv sistemasi va ichki se- kresiya bezlari faoliyatining buzilishi, shuningdek, organizmning zaharlanishi (chirigan tishlar, tonzillit, gaymorit va b. surunkali o’choqli infektsiyalar) sabab bo’ladi. St. go’yo to’satdan ro’y ber- Ganga o’xshaydi, dastlab 1-2 joydan 20 tiyinlik tangadek kattalikdagi joyda soch to’kilib, ular kengayib boradi va birbiriga qo’shilib, xiylagina joyni egallab oladi, bunda soch butunlay tu- shib ketadi. Soch to’kilgan erdagi teri silliq, yaltiroq, yallig’lanmagan bo’ladi. Sochning bu xilda to’kilishi, odatda, surunkali kechib, unga davo qilish ancha mushkul bo’ladi, hatto davolangandan keyin ham S.t. takrorlanishi mumkin. Ba’zan soch piyozcha qismining to’la ri- vojlanmaganligi tug’ma S.t.ga sabab bo’ladi. Ayrim dorilarni surunkasiga ichib yurish yoki sochni noto’g’ri parvarish qilish oqibatida ham st. mumkin. Davo S.t. ning xili va sababiga qarab olib bo- riladi. Ko’p S.t.ning dastlabki alomat- lari paydo bo’lganda darhol vrachga uchra- shish lozim. St. ga sabab bo’lgan omillar bartaraf etilgandan keyin to’kilgan soch o’rniga yangisi chiqa boshlaydi. S.t.ning oldini olish lozim. Spirtli ichimli- klar va chekishga ruju qilmaslik tavsiya etiladi.