Soda

Soda — turli natriy karbonatlar- ning umumiy texnik nomi. Kaltsinasi- yalangan S.— Na2CO, (natriy karbonat); kristallangan S. — Na2CO310H2O (na- tron), ichimlik yoki oziq-ovqat S.si — NaHCO, (natriy gidrokarbonat) bor. Bulardan tashkari, kaustik S. — NaOH (o’yuvchi natriyning texnik nomi) ham mavjud. S. tabiatda Na2CO310H2O hrlida, ko’l va mineral suv havzalarida erigan holda uchraydi. S. suvdagi erit- malaridan 32° gacha Na2CO3 10N2O, 3235°da Na2CO36H2O, 35° dan yuqorida Na,CO3H2O, 112,5° da suvsiz tuz — Na- 2CO3 kristallanadi. NaO10H2O — ran- geiz kristall modda, havoda nurab tura- Di. Zichligi 1450 kg/m3, 100 g suvda 0° da 20,9 g, 104° da esa 42,1 g eriydi. Kal- tsinasiyalangan S. — rangsiz kristall modda, zichligi 2530 kg/m3, suyuqlanish t-rasi 858°; gigroskopik, suvda eruvchan- ligi massasiga nisbatan 6,54%(0° da) va 17,69%(20°da). Ichimlik S. ham oq kri- Stall kukun, zichligi 2200 kg/m3, 100— 150°da parchalanadi; suvda eruvchanligi 6,54% (0° da), 9,4% (25°da), 14,1% (60°da). S.ning suvdagi eritmalari gidrolizga uchrab, kuchli ishqoriy reaktsiya namoyon qiladi, kislota ta’sir ettirilsa, kar- bonat angidrid ajralib chiqadi. S.ni sa- noatda olish usulini ilk bor 1787-89 ylarda frantsuz kimyogari N. Leblan ish- lab chiqqan. Bu usulga muvofiq, osh tuzi NaCl ga kontsentrlangan H2SO4 ta’sir ettirib, natriy sulfatga (Na2SO4) ay- lantiriladi, keyin Na2SO4 ni ohaktosh va kumir b-n birgalikda pechda 1000° da qizdirish yo’li b-n S. olinadi. Hoz. S.ning asosiy qismi ammiakxlorid usu- lida (Solve usuli) olinadi: tabiiy yoki sun’iy yo’l b-n tayyorlangan namakob (NaCl) natriy karbonat Na2CO3 va kal- tsiy gidroksid sa(on)2 ta’sirida sa va Mg qo’shimchalardan tozalanadi, ammiak NH3 b-n to’yintiriladi, so’ngra barbo- taj kolonnalarida karbonizasiyalanadi; asosiy reaktsiya: N aCl + N N3+SO3+N 2O >NaHCO,+NH4Cl. Natriy gidrokar-bonatni qizdirish yo’li b-n Na2CO3 oli- nadi. S. kimyo sanoatining eng muhim mahsulotlaridan; shisha, sovun va b. yuvuvchi vositalar, natriy gidroksid va natriyning boshqa birikmalarini i.ch. da, tsellyuloza pishirishda, neft mahsulotlarini tozalashda, pigmentlar olishda, «qattiq» suvni yumshatishda, tibbiyotda ishlatiladi. Ichimlik S. non va qandolatchilik mahsulotlari pishi- rishda SO2 manbai sifatida, alkogol- siz ichimliklar, sun’iy mineral suvlar, yong’inni o’chiruvchi tarkiblar tayyorlash- da, tibbiyotda, og’iz va tomoqni chayishda ishlatiladi.