Sodiqov Obid Sodiqovich

Sodiqov Obid Sodiqovich (1913.15.11 — Toshkent — 1987.22/7) — kimyogar olim, jamoat arbobi. O’zbekiston FA akad. (1947). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1960). S. sobiq SSSR FA akad. (1972). Mehnat Qahramoni (1973). Kimyo fanlari D-ri (1946), prof. (1947). O’rta Osiyo un- tini tugatgan (1937), shu un-tda dosent (1942— 46), o’simlik moddalari (keyin- chalik tabiiy birikmalar) kimyosi kafe- drasida mudir (1946— 74), ilmiy rahbar (1974 y.dan). Uzbekiston FA kimyo in-ti direktori (194650). O’zbekiston FA Pre- zidiumi a’zosi (194757). ToshDU rekto- ri (195866). O’zbekiston FA Prezidenta (196684). O’zbekiston FA Bioorganik kimyo bo’limi rahbari (1973-77), Bioor- ganik kimyo in-ti direktori (1977-87). Asosiy ilmiy ishlari organik va bio- organik kimyoga oid. S. O’rta Osiyodagi o’simliklarni tekshirib, 100 dan ortiq dipiridil, xinolizidin, izoxinolin katori alkaloidlarini ajratib o.vdi, ularning tuzilishi, konformasion holati va biogenetik o’zgarishlarini anikdadi. S. rahbarligida g’o’za bargi, chigiti, qobigi, guli va g’o’zapoyadan ugle- vodorodlar, yuqori molekulali spirtlar, kislotalar, sterinlar, triterpenlar, flavonoidlar, polifenollar, gossypol va uning yo’ddoshlari, uglevodlar, shu- ningdek, A, E, R, G’kabi vitaminlar AJ- ratib olindi; ko’pgina preparatlar (ana- bazingidroxlorid, gossipol, gossypol linimenti, megosin malhami, batriden tabletkasi, gozanidon tabletkasi va b.) ni sanoat miqyosida i.ch. yo’lga qo’yiddi. S. tashkil qilgan maktabda g’o’zani vilt b-n kasallanitshlan himoya qilishning kimyoviy va biologik usullari ish- lab chiqildi; muhim yo’nalish — vilt qo’zg’atuvchi toksinlar kimyosi va biokimyo – si sohasida tadqiqotlar o’tkazildi. G’o’za bargidan limon va olma kislotalari ajratib olishning sanoat usuli ishlab chiqildi (1956), shakar i.ch. chiqindisi (patika)dan mikrobiologiya usuli b-n itakon kislota olindi, dorivor modda- lar, biostimulyatorlar sintez qilindi, hayot uchun muhim bo’lgan fiziologik faol tabiiy birikmalar va ularning sintetik analoglari tuzilishi b-n organizmdagi funktsiyasi o’rtasidagi bog’lanish chuqur o’rganildi, eukariotlar to’qimalari Ge- nomining kooperativ aktivasion Mode- li taklif etildi. S. darslik («organic ximiya», hamkorlikda, T., 1971; «organic ximiyadan praktikum», hamkorlikda, T., 1973), o’quv qo’llanmalari, ilmiy va ommabop kitoblar muallifi, ilm- fan tashkilotchisi. S. SSSR FA Pre- zidiumi a’zosi (1972-84). Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). O’zbekiston FA Bioor- ganik kimyo in-tiga o. S. Sodiqov nomi berilgan (1988). Toshkentdagi 249mak- Tab, Sobir Rahimov tumanidagi mahalla, Shayxontohur tumanidagi ko’chalardan biri ham S. nomi b-n ataladi. As: sintez organicheskix prepara- tov piridinovogo ryada (v soavtorstve), T., 1974; alkaloidi xinolizidinovogo ryada (v soavtorstve), M., 1975; Xoline- sterazi. Aktivniy tsentr i mexanizm deystviya (v soavtorstve), T., 1976; in- duktori interferona (v soavtorstve), T., 1978; xlopchatnik — chudo rastenie, M., 1985. Ad.: Abid Sadikovich Sadikov. Bio- bibliografiya, T., 1989; Vol kov V. A., Vonskiy E. V., Kuznesova G. I., Vidayu- shiesya ximiki mira M., 1991.